O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi oʻz faoliyatini qatʼiy “Korrupsiya va poraxoʻrlikka qarshi kurashish ichki nazorat qoidalari”ni joriy qilish bilan boshladi

2019-02-05 | Jamiyat

Korrupsiya - taraqqiyot yoʻliga jiddiy toʻsiq boʻlib, jamiyat rivoji, sohalar yuksalishiga bevosita tahdid tugʻdiradigan asosiy illatdir. Shu bois mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillaridan korrupsiyaga qarshi kurash choralarini kuchaytirish, uni tag-tomiri bilan yoʻqotish, bu boradagi huquqiy asoslarni yanada mustahkamlashga jiddiy eʼtibor qaratilib kelindi. Korrupsiya mavjud boʻlgan jamiyatda davlat oʻz oldiga qoʻygan vazifalarni bajarish qiyinlashadi, aholining ijtimoiy-huquqiy himoyasi zaiflashadi, shuningdek chet el xalqlari va investorlari uchun bunday jamiyat oʻz jozibasini yoʻqotadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan kiritilgan va 2017-yilning 3-yanvarida qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi qonun ushbu illatga qarshi kurashish yoʻlida qilingan muhim qadamdir.

Shuningdek Prezidentimiz tomonidan 2019-yil 17-yanvar kungi PF-5635-sonli farmoni bilan “2017 - 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi” tasdiqlandi. Ushbu dasturda “Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini yaratish”da amalga oshiriladigan tadbirlari belgilab berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning huquqiy va institutsional bazasini yaratish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2018 yil 20 oktyabrdagi №PQ-3980-sonli qaroriga asosan tashkil qilingan boʻlib, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ustuvor yoʻnalishlarida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boʻyicha tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish masalalarida investorlar, xalqaro moliya va donor tashkilotlari, ilmiy va ekspert hamjamiyatlari, shuningdek, bozorning boshqa ishtirokchilari bilan hamkorlikni tashkil etish Agentlikning asosiy vazifalarini tashkil qiladi.

Ushbu vazifalarni bajarish uchun eng avvalo agentlik faoliyatida shaffoflikni, taraflar tengligi, ularning huquq va majburiyatlariga ogʻishmay amal qilishni taʼminlash, korrupsiyaga olib keluvchi holatlarni oldini olish, ushbu holatlarga jiddiy choralar koʻrish zarur boʻlib, ushbu maqsadda Agentlik tomonidan xalqaro talablar va mezonlar asosida ishlab chiqilgan “Korrupsiya va poraxoʻrlikka qarshi kurashish ichki nazorat qoidalari” bunga yaqqol misoldir.

“Korrupsiya va poraxoʻrlikka qarshi kurashish ichki nazorat qoidalari”da Agentlikda korrupsiyaga kurashishning asosiy tamoyillari, korrupsiyaga qarshi kurashish usullari, uni oldini olish choralari, korrupsiyaviy faktorlar kelib chiqish sabablari koʻrsatib oʻtilgan va har bir xodim ushbu holatlarga yoʻl qoʻymasligi uchun zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilgan va targʻibot-tashviqot ishlari olib borilgan. Agentlik tomonidan joriy qilingan Mazkur qoidalar respublikaning boshqa davlat idoralariga nafaqat oʻrnak va ibrat, balki jahon hamjamiyati va chet-el investorlariga maʼqul boʻlgan bir qadam boʻlib hisoblanadi.

Ushbu qoidalarning maqsadi jamiyat va davlat tomonidan Agentlik zimmasiga qoʻyilgan vazifalarni har qanday yot illatlarga ogʻishmay, qonuniy, ochiq va shaffof bajarishga qaratishdir.

Поделиться