O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston – Yevropa Ittifoqi: hamkorlik yangi bosqichga chiqadi

2019-02-05 | Siyosat

Mamlakatimizga Yevropa tashqi faoliyat xizmati boshqaruvchi direktori oʻrinbosari Lyuk Devin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida 4-fevral kuni poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik boʻyicha bitim loyihasiga bagʻishlangan ikki tomonlama muzokaralarning birinchi davrasi boshlandi.

Kunning birinchi yarmida Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktori Alisher Fayzullayev va Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining savdo masalalari boʻyicha vakili Ruta

Zarnauskayte boshchiligidagi ishchi guruhi oʻzaro savdo aloqalarida intellektual mulk muhofazasi masalalariga doir maslahatlashuv oʻtkazdi.

A.Fayzullayev mamlakatimizda intellektual mulkni muhofaza qilishda xalqaro integratsiyaning yoʻlga qoʻyilgani, xususan Oʻzbekiston Bern konvensiyasi va boshqa koʻplab xalqaro shartnoma va bitimlarga aʼzoligini taʼkidladi.

– Oʻzaro savdo munosabatlarida intellektual mulk muhofazasi biz uchun manfaatli va muhim masalalardan biri, – dedi R.Zarnauskayte. – Umid qilamizki, bu boradagi maslahatlashuvlarimiz samarali boʻladi.

Kunning ikkinchi yarmida delegatsiya aʼzolari va mamlakatimizdagi vazirliklar, idoralar vakillari ishtirokida yalpi yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Dilshod Axatov va Yevropa tashqi faoliyat xizmati boshqaruvchi direktori oʻrinbosari Lyuk Devin olib bordi.

– Soʻnggi ikki yil ichida Oʻzbekistonda ijobiy oʻsish, oʻzgarishlar kuzatilmoqda, – dedi Lyuk Devin. – Mamlakatingizda erkin konvertatsiya joriy qilindi. Oʻzbekiston Jahon savdo tashkilotiga kirishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Shu bilan birga, transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish, bojxona va logistika ishlariga katta eʼtibor qaratilmoqda. Yevropa Ittifoqi mamlakatingizda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan shu kabi islohotlarni qoʻllab-quvvatlaydi.

Toshkentda boshlangan muzokaralar doirasida ishchi guruhlar yangi bitim loyihasidan oʻrin olgan savdo, siyosiy muloqot, intellektual mulk muhofazasi kabi masalalar yuzasidan 8-fevralga qadar maslahatlashuvlar oʻtkazadi.

 

Malohat Husanova, Temur Mamadaminov (surat), OʻzA

Поделиться