O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Pokiston Elchisi bilan uchrashuv

2019-02-04 | Siyosat

2019-yilning 4-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov Pokiston Islom Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Irfan Yusuf Shami bilan uchrashdi.

2019-yilda munosabatlarni rivojlantirishning amaliy jihatlari, boʻlajak qoʻshma tadbirlarni oʻtkazish jadvali diqqat markazida boʻldi.

2017-2018-yillarda bir necha bor oʻtkazilgan oliy darajadagi Oʻzbekiston-Pokiston uchrashuvlari chogʻida ikki tomonlama munosabatlarga yangi turtki berilganligi va uni siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, turistik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda mustahkamlashning aniq yoʻnalishlari belgilab olinganligi taʼkidlandi.

Oʻtgan yilda oʻzaro savdo aylanmasi 2017-yilgiga nisbatan ikki yarim barobarga oshib, 92,4 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Shu bilan birga Oʻzbekiston va Pokiston yetkazib beriladigan tovarlar va xizmatlar hajmi va nomenklaturasi borasidagi ushbu koʻrsatgichni yanada yaxshilash uchun ulkan salohiyatga ega ekanligi qayd etildi.

Tomonlar koʻrib chiqayotgan ikki tomonlama hujjatlarning loyihalari yuzasidan fikr almashildi. Mazkur hujjatlar turli jabhalardagi hamkorlikni chuqurlashtirish uchun huquqiy asoslarni kengaytiradi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston – Pokiston kun tartibining boshqa masalalari ham muhokama qilindi.

Поделиться