O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Quyosh energetikasi texnologiyalarini qoʻllagan holda Orol dengizi va Orolboʻyi hududlarini tiklashga qaratilgan loyiha ishlab chiqilmoqda
2019-02-04 | Ekologiya
2019-yilning 31-yanvar kuni Innovatsion rivojlanish vazirligida Koreya (Koryo) Universiteti rahbarlari vakillarining professor Do Seonom boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Delegatsiya aʼzolarini vazirning birinchi oʻrinbosari Sh. Rajabboyev hamda Hududlarga innovatsiyalarni joriy qilish va tadqiq etish boshqarmasi boshligʻi M. Tolibov qabul qildi.
Uchrashuvda professor Do Seonom quyosh energetikasi texnologiyalarini qoʻllagan holda Orol dengizi va Orolboʻyi hududlarini tiklashga qaratilgan “ASSURE” loyihasi haqida maʼlumot berdi. Shuningdek, ayni kunlarda jahondagi global muammolar bilan shugʻullanadigan Koreya (Koryo)Universitetining GREEN SCHOOL doktorantlari, yetakchi olimlar mazkur loyihani ustida ishlayotganlari toʻgʻrisida gapirdi.
Muzokaralar natijasida tomonlar mazkur loyihani hamkorlikda amalga oshirish maqsadida joriy yilning aprel oyida GREEN SCHOOL va Innovatsion rivojlanish vazirligi oʻrtasida memorandum imzolash va loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tuzishga kelishildi.