O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tashqi ishlar vazirligidagi majlis toʻgʻrisida
2019-02-04 | Siyosat
2019-yilning 2-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligida TIV markaziy apparatining majlisi boʻlib oʻtdi.
Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Elyor Gʻaniyev ishtirok etdi. Oʻz chiqishida E.Gʻaniyev mamlakatimiz rahbari topshirigʻiga binoan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarni eksport qilish hajmlari va nomenklaturasini kengaytirish, mamlakatimizga chet ellik turistlar oqimini oshirish, shuningdek diplomatik vakolatxonalarga biriktirilgan hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish uchun qulay tashqi sharoitlar yaratish borasida Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari etib tayinlangan Alisher Abdualiyev va u nazorat qiluvchi iqtisodiy blok boʻlimlari, umuman Vazirlik va Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari oldida turgan dolzarb maqsadli vazifalar doirasini belgilab berdi.