O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Polsha Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari bilan uchrashuv toʻgʻrisida
2019-02-04 | Siyosat
2019-yilning 1-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida Varshava shahrida boʻlgan Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Dilshod Axatov Polsha Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bartosh Chixoskiy bilan uchrashdi.
Ikki tomonlama hamda Oʻzbekiston-Yevropa Ittifoqi shaklidagi Oʻzbekiston-Polsha sherikligi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Polsha diplomatining taʼkidlashicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi keng koʻlamli islohotlar, shuningdek, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlanishi uning mamlakatida yuksak baholanmoqda. Afgʻonistonga nisbatan konstruktiv siyosat qoʻllab quvvatlandi.
Siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, transport-kommunikatsiya va boshqa masalalarni hal qilishdan tomonlar manfaatdorligini tasdiqlandi.
Polsha tomoni Oʻzbekistondan ishchi kuchini Polsha mehnat bozoriga jalb qilish boʻyicha ikki mamlakatning tegishli idoralari oʻrtasidagi maslahatlashuvlarni davom ettirishga ijobiy munosabat bildirdi.
Turizm sohasidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Taʼkidlanganidek, polshaliklar Sharqiy Yevropada eng faol sayohatchilar boʻlib, Oʻzbekiston mintaqadagi eng yirik turistik salohiyatiga egadir. Shu munosabat bilan Polsha turistik kompaniyalari va ishbilarmon doiralari Oʻzbekiston tomonining nafaqat turistlar sonini oshirish, balki respublikada turizm infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish takliflarini faol koʻrib chiqmoqdalar.
31-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Dilshod Axatov Varshava shahrida Polsha xalqaro aloqalar instituti Sharqiy dasturining rahbari Anna Dыner bilan ham uchrashdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni, jumladan, Oʻzbekiston va Polshaning tahliliy tuzilmalari oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.