O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyati Istanbuldagi yirik EMITT 2019 sayyohlik yarmarkasida namoyish etildi
2019-02-01 | Turizm
31-yanvar kuni Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyati Istanbuldagi yirik EMITT 2019 Sharqiy-Oʻrta yer dengizi, sayohat va turizm xalqaro koʻrgazmasida namoyish etildi.
Mazkur tadbir dunyoning eng yaxshi sayyohlik koʻrgazmalarining beshtaligiga kiradi va har yili sohadagi 50 000dan ortiq professionallarni jalb etadi.
Tüyap Fair Convention and Congress Center Istanbul Istanbul koʻrgazmalar zalining pavilionida namoyish etilgan milliy stend Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK hamda mamlakat sayyohlik tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tadbirning tantanali ochilish marosimida Turkiya Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy ishtirok etib, sayyohlik tadbirlarining ahamiyatiga toʻxtalib, turizm har bitta davlatning iqtisodiyotda yetakchi yoʻnalishi ekanligini aytib oʻtdi.Shuningdek, “EMITT yangi hamkorlar bilan uchrashib, turizm sohasidagi soʻnggi yangiliklar va tendensiyalar haqida koʻproq bilish, bozor yoʻnalishlarini oʻrganish imkonini beradi”, – deb taʼkidladi madaniyat va turizm vaziri.Tadbir doirasida tashkilotchilar bilan EMITT FORUM tashkil etilib, unda turizm sanoatining dunyoviy va mintaqaviy masalalari muhokama etildi.
Koʻrgazmaning toʻrt kunlik dasturi doirasida tadbir ishtirokchilari oʻrtasida panel sessiyalar va B2B ishchi uchrashuvlarini oʻtkazish ham rejalashtirilgan.