O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Sogʻlom hayotga qadam tashla!” aksiyasi qizgʻin davom etmoqda

2019-02-01 | Sog‘liqni saqlash

Sogʻliqni saqlash vazirligi va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan poytaxtimizning qator tumanlarida “Sogʻlom hayotga qadam tashla!” aksiyasi oʻtkazilmoqda. Mazkur aksiyaning navbatdagi tadbirlari poytaxtimizdagi Shayxontohur va Yunusobod tumanlarida boʻlib oʻtdi.

Jumladan, Shayxontohur tumanining “Huvaydo” mahalla fuqarolar yigʻinida tashkil etilgan “Salomatlik maydonchalari” tadbirida ham hududdagi 45-oilaviy poliklinika shifokorlari tomonidan keksalar, yosh bolali ayollar, mahalla faollari hamda oʻsmir-yoshlar ishtirokida maxsus antropometrik oʻlchov va sogʻlom ovqatlanish tamoyillariga doir soʻrovnomalar oʻtkazildi. Bunda ishtirok etish istagini bildirgan fuqarolar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, maxsus soʻrovnomalar toʻldirildi. Soʻrovnomalar natijasiga koʻra, salomatlik koʻrsatkichlari aniqlanib, mutaxassislar tomonidan zarur tavsiyalar berildi. 

Maʼlumki, yurak qon-tomir kasalliklari, insult, xavfli oʻsmalar, nafas olish aʼzolarining surunkali kasalliklari va qandli diabet kabi yuqumli boʻlmagan kasalliklar sabab dunyoda nogironlik va oʻlim ortib bormoqda. Bu kasalliklar kelib chiqishiga asosan nosogʻlom turmush tarzi, notoʻgʻri ovqatlanish, chekish, ichish kabi salbiy illatlarga berilish, jismoniy faol boʻlmaslik asosiy sabab boʻlmoqda. Ushu muammoning oldini olishda aholi orasida tibbiy madaniyat va bilimni oshirish muhim oʻrin tutadi. 

Poytaxtimizning 45-oilaviy poliklinikasida “Eʼzozli ayollar” sportsevarlar guruhi tashkil etilishi ham ayni shu maqsadga xizmat qiladi. Bu yerda ayollar sport bilan shugʻullanishi uchun maxsus xona ajratilib, zarur sport anjomlari bilan taʼminlangan. Toʻgarakda oilaviy poliklinika hamshiralari sport mashgʻulotlarini oʻtkazadi. 

— Aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, yuqumli boʻlmagan kasalliklarning oldini olish, toʻgʻri ovqatlanish va jismoniy faollikni oshirish maqsadida qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Sogʻlom hayotga qadam tashla” aksiyasini oʻtkazib kelmoqdamiz, — deydi Sogʻliqni saqlash vazirligi Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish Bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi Barno Odilova. — Xususan, poytaxtimizdagi ikkita tumanda “Salomatlik maydonchalari” tadbirlari oʻtkazildi. Xususan, Shayxontohur tumanidagi “Huvaydo” mahalla fuqarolar yigʻinida hamda hududdagi 45-oilaviy poliklinikalarda Yunusobod tumanidagi “Korzinka” supermarketlarida hudud aholisi uchun tibbiy koʻrik va maxsus soʻrovnomalar tashkil etilib, mutaxassislar tomonidan suhbatlar oʻtkazildi. Aksiyaning birgina “Korzinka” supermarketida qariyb 100 nafar dan ziyod fuqarolar oʻz ixtiyori bilan ishtirok etish taklifini bildirishgani quvonarli albatta. Bunday tadbirlarni kelgusida respublikamiz boʻylab oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Maqsad sogʻlom muhitni yaratish, sogʻlom turmush tarzi va jismoniy faollik natijasida yuqumli boʻlmagan kasalliklarni oldini olishga erishishdir.

Aksiya doirasida tashkil etilgan tadbirlarda Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Elmira Basitxanova, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Lian Kuppens ishtirok etdi.

Поделиться