O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston va Qozogʻiston hukumat delegatsiyalarining muzokaralari toʻgʻrisida
2019-02-01 | Siyosat
2019-yilning 27-yanvaridan 1-fevraliga qadar Toshkent shahrida Oʻzbekiston-Qozogʻiston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi Hukumat delegatsiyalarining muzokaralari boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv chogʻida davlatlararo chegarani demarkatsiya qilish boʻyicha yakuniy hujjatlarni tayyorlash davom ettirildi hamda 2019-yil uchun dala demarkatsiya ishlari hajmi rejalashtirildi.
Muzokaralar ikki davlat uchun ham anʼanaviy boʻlgan doʻstlik va hamfikrlilik ruhida boʻlib oʻtdi.
Yigʻilish soʻngida tegishli Bayonnoma imzolandi.