O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xotin-qizlar qoʻmitasining ichki ishlar bilan hamkorligi yanada mustahkamlanmoqda
2019-02-01 | Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi PQ-4075-sonli qarorining ijrosi yuzasidan 2019-yil 26-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov raisligida Sirdaryo viloyatida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash masalasi boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishdagi taklifiga binoan Toshkent shahri tajribasidan kelib chiqib, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tizimida 11 ta tuman, shahar ichki ishlar boʻlimlarida xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektor lavozimi joriy etildi.
31-yanvar kuni viloyat hokimligida viloyat Xotin-qizlar qoʻmitasi va Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda tuman va shahar ichki ishlar boʻlimlarida tashkil etilgan xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlari tuman, shahar xotin-qizlar raislari bilan tanishtirilib, ularning kelgusi faoliyatlarida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻygan holda amalga oshirilishi lozim boʻlgan dolzarb vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.