O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Isteʼmol sektorida narxlarni roʻyxatga olishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va amaliyotga joriy etish
2019-02-01 | Jamiyat
2019-yilning 28-yanvar kuni Davlat statistika qoʻmitasining mutaxassislari tomonidan Namangan viloyati tuman (shahar) statistika boʻlimlari xodimlari uchun Isteʼmol narxlari kuzatuvini tashkil etish hamda indekslarini hisoblash, shuningdek, oʻrtacha isteʼmol narxlarini xalqaro standartlarga mos ravishda hisoblash va ushbu jarayonlarda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish masalalariga bagʻishlangan amaliy seminar oʻtkazildi.
Seminarda Namangan viloyati statistika boshqarmasi hamda hududiy statistika boʻlim boshliqlari va narx kuzatuvlarini olib boruvchi registratorlar uchun isteʼmol sektorida narxlarni roʻyxatga olish, kuzatuv joylarini tanlash, ulardagi oʻrtacha narxlarni shakllantirish va kelgusida zamonaviy qurilmalaridan, yaʼni, planshetdan samarali foydalanish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.