O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Korrupsiyasiz hayot!

2019-02-01 | Jamiyat

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan viloyat prokuraturasi, jinoyat ishlari boʻyicha Andijon viloyat sudi hamda yoshlar ittifoqining Andijon shahar kengashi bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlarining mazmun-mohiyatini yetkazish, sodir etilishi mumkin boʻlgan korrupsion harakatlarni barvaqt oldini olish maqsadida Andijon viloyat bojxona boshqarmasida chegara va tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari xodimlari ishtirokida navbatdagi davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishni viloyat bojxona boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Sh.Kadirov kirish soʻzi bilan ochib, korrupsiya va uning mudhish oqibatlari haqida atroflicha hamda hayotiy misollar bilan toʻxtalib oʻtdi.

Yigʻilishda boshqarmaning oʻz xavfsizligi guruhi xodimi X.Turdiboyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni toʻgʻrisida nutq soʻzlab, korrupsiya har bir mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun ulkan tahdid boʻlib, u jamiyatning maʼnaviy-axloqiy asoslarini yemirishi, odamlarning davlatga, boshqaruv idoralariga ishonchini soʻndirishi, fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtirokiga salbiy taʼsir koʻrsatishini taʼkidladi.

Maʼruzada taʼkidlanganidek, mazkur Qonun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni toʻliq qonuniy tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga, shuningdek korrupsiyani ijtimoiy hayotning barcha sohalaridan toʻliq bartaraf etishga, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning har qanday koʻrinishlariga toqat qilmaslik muhitini yaratishga qaratilgan.

Tadbir davomida jinoyat ishlari boʻyicha Andijon viloyat sudi sudyasi U.Karimov soʻzga chiqib, bugungi kunda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarga barham berish maqsadida muhtaram yurtboshimiz tomonidan davlat organlari xodimlariga keng imkoniyatlar qulay shart-sharoitlar eshigini ochib berayotgani, xususan bojxona organlari xodimlarini ijtimoiy qoʻllab quvvatlash yuzasidan bir qator farmon va qarorlar qabul qilinganligini taʼkidlab oʻtdi. Bu esa fuqarolar huquqlarini va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlashga koʻmaklashadi.

Tadbir yakunida boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Sh.Kadirov, xodimlarni burchiga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ular oʻrtasida jinoyat hamda turli qonunbuzarliklar sodir etilishini oldini-olish borasida tarbiyaviy, tushuntirish va profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish, shuningdek fuqarolarga qonun talablarini atroflicha tushuntirish, ular huquqlarining poymol etilishiga yoʻl qoʻymaslik, bu borada xodimlarning masʼuliyatini yanada oshirish yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berdi.

Поделиться