O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga soliq qonunchiligidagi oʻzgarishlar mazmun-mohiyati yetkazildi

2019-01-31 | Turizm

Poytaxtimizda Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi hamkorligida turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga soliq qonunchiligidagi oʻzgarishlar mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida seminar tashkil etildi.

Bugungi kunda mamlakatimizda turizm industriyasi rivojiga alohida eʼtibor qaratilib, soha infratuzilmasini yanada takomillashtirish hamda sayyohlar oqimini kengaytirish yoʻlida muayyan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Milliy sayyohlik salohiyatimiz va madaniy merosimiz bilan yurtimizga tashrif buyurayotgan xorijliklarni va mahalliy aholi vakillarini yaqindan tanishtirish hamda soha rivojini taʼminlash yuzasidan qator farmon va qarorlar qabul qilinmoqda.

Xususan, 2019 yil 5 yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5611-sonli farmoni hamda “Turizm tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4095-sonli qarori soha rivojini yangi bosqichga olib chiqishda muhim huquqiy asos boʻldi.

Qayd etilishicha, Prezidentimizning PQ-4095-sonli qaroriga asosan belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatga muvofiq, 2022 yilning 1 yanvariga qadar olib kiriladigan, turistlar tashrif buyuradigan joylarga oʻrnatiladigan antivandal sanitariya-gigiyena shoxobchalari, shuningdek, moddiy madaniy meros obyektlari, muzeylar, teatrlar, galereyalar va muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar uchun moʻljallangan asbob-uskunalar, jihozlar, turniketlar, dasturiy taʼminot, toʻlov-maʼlumot terminallari, videokuzatuv tizimlari bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etildi.

Davlat soliq qoʻmitasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu qaror doirasida olib kiriladigan tovarlardan maqsadli foydalanish ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatishi belgilangan. Tovarlardan maqsadsiz foydalanilgan taqdirda imtiyozlar berilishi munosabati bilan toʻlanmagan bojxona toʻlovlari summasi qonun hujjatlariga asosan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilgan holda davlat byudjetiga undiriladi.

Tadbirda turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun belgilangan soliq imtiyozlari, shu jumladan, qoʻshilgan qiymat soligʻiga oid imtiyoz va preferensiyalar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Qizgʻin savol-javoblar va ochiq muloqot tarzida oʻtgan tadbirda turoperatorlar vakillari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga Davlat soliq qoʻmitasi masʼul xodimlaridan atroflicha javoblar oldilar.

Поделиться