O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent shahar hokimligi xabar qiladi!
2019-01-31 | Jamiyat
Bugungi kunda poytaxtimizda qurilish ishlari jadal olib borilmoqda.Toshkent shahar hokimligi tomonidan taʼmirtalab boʻlgan Oʻzbekiston Milliy universiteti hamda talabalar shaharchasi hududlarida keng koʻlamli qurilish va obodonlashtirish ishlari boshlandi.
Shaharsozlik talablariga javob beradigan, zamonaviy arxitekturaga mos piyodalar yoʻlaklari, maxsus velosiped yoʻllari, avtomashinalar uchun esa 400 oʻrinli avtoturargohlar barpo etilmoqda. 5600 m2 avtomobil yoʻllari asfalt qilinib, avtomototransportlar qatnovi chegaralanadi, 11 ming m2 yashil maysalar yotqiziladi,1,800 p/metr irrigatsiya tarmoqlari yangilanadi.Talabalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, zamonaviy oʻrindiqlar oʻrnatiladi. Universitet rahbariyati tomonidan bino hududidagi himoya panjaralari olib tashlandi.
Hurmatli fuqarolar, shahrimiz mehmonlari, aziz talabalar!
Olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari sabab vaqtinchalik yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun Toshkent shahar hokimligi uzr soʻraydi.
Ushbu qurilish ishlari 15 kun muddatda yakunlanadi.
Shahrimizni yanada obod qilaylik!