O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Rossiyalik ixtirochilarga “Katalizator toʻrlari uchun platinali qotishma“ ixtirosi uchun patent berildi
2019-01-31 | Fan
“V.N.Gulidov nomidagi Krasnoyarsk rangli metallar zavodi“ ochiq aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari tomonidan kimyo sanoatida qoʻllanadigan katalizatorli toʻrlar uchun moʻljallangan platinali qotishma ixtiro qilindi.
Ushbu ixtironing vazifasi barqaror mexanik xususiyatlarga ega boʻlgan va yuqori katalitik faollikni saqlagan holda undan tayyorlangan katalitik paketlarning uzoq ishlatilishini taʼminlaydigan katalizator toʻrlari uchun platinali qotishma tarkibini ishlab chiqishdan iborat.
Rossiyalik ixtirochilar Yefimov Valeriy va Mamonov Sergeylarga Agentlik tomonidan IAP 05695 raqamli patent berildi.