O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Otash kabi yonib, oʻzgalar yoʻlini yorit!

2019-01-31 | Jamiyat

Oliy taʼlim tizimida Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 81 yilligi keng nishonlanmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida” gi 2017 yil 25 yanvardagi PQ-2744-son qaroriga asosan mustaqillik meʼmori, buyuk davlat va siyosat arbobi, oʻzbek xalqining ardoqli farzandi Islom Karimov tavallud topgan kun yurtimizda keng nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan barcha joyda boʻlgani kabi Islom Karimov nomidagi ilmiy maʼrifiy yodgorlik majmuasida ham joriy yilning 29 yanvar kuni soat 16:00da “Davrimizning buyuk meʼmori” nomli xotira kechasi tashkil etildi. Unda oliy oʻquv yurtlarida tahsil olayotgan Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindorlari ishtirok etib marhum xotirasiga hurmat bajo keltirdilar. Shuningdek, Islom Karimov bilan birgalikda faoliyat olib borgan, mustaqil yurtimizning ravnaqi uchun hozirgi kunda ham oʻz hissasini qoʻshayotgan davlat vakillari hamda u kishining rafiqalari T.A.Karimova qatnashib oʻz xotiralari bilan oʻrtoqlashdilar.

Mazkur tadbirlar davomi sifatida 30 yanvar kuni soat 16:00 da Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markaziga qoshidagi Talabalarni media ijtimoiy faoliyati va madaniy dam olish maskanida Islom Karimov xotirasiga bagʻishlangan tadbir tashkil etildi. Unda Oʻzbekiston Milliy Universiteti Yoshlar masalalari boʻyicha prorektori Najmiddin Qodirov, Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Abror Xidirov, Axborot xizmati boshligʻi, “Oltin qalam” mukofoti sohibi, yozuvchi Toʻlqin Eshbek hamda universitet talabalari ishtirok etdilar.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar Islom Karimovning hayoti va ijodi, mamlakat mustaqilligi, obodligi, xalq farovonligi yoʻlidagi buyuk xizmatlari haqida toʻxtalib oʻtdilar. Shuningdek anjuman davomida “Istiqlol meʼmori” nomli film namoyish etilgani yoshlar qalbida birinchi prezidentimizdan faxrlanish, unga munosib farzand boʻlib kamolga yetish hissini uygʻotdi.

Namangan davlat universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 81 yilligi munosabati bilan “Otash kabi yonib, oʻzgalar yoʻlini yorit!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. 

Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov Vatanimizni, xalqimizni sobiq shoʻro mustamlakaligidan ozod qilish, millatimizning azaliy qadriyatlarini tiklash, yoshlarimizning hech kimdan kam boʻlmay, barkamol avlod boʻlib voyaga yetishlari uchun tarixiy rol oʻynadi, butun dunyoda tan olingan rivojlanishning “Oʻzbek modeli” asosida mamlakatimizni misli koʻrilmagan yuksalish darajalariga olib chiqdi. Mamlakatimiz oʻz mustaqilligining 27 yili davomida dunyoda oʻz nomi, oʻrni va maqomiga ega boʻldi.

Mashhur yozuvchi, kishi ruhiyatining nozik bilimdoni Chingiz Aytmatov oʻzining “Islom Karimovga bagʻishlangan “Mashhur suratga chizgilar”nomli essesida shunday yozib qoldirganlar: “U mamlakatning siyosiy quvvatiga kuch bagʻishlagan holda qanchalik koʻzga tashlanmasin, u haqda qanchalik koʻp gapirilmasin, Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovdek kishi haqida davrdan boshqacha aytganda, hozirgi zamon manzarasini tashkil etib turgan dolzarb muammolar va boʻhronli holatlardan ayri holda fikr yuritib boʻlmaydi”.

Tadbirda Birinchi Prezident faoliyatiga bagʻishlangan videorolik namoyish etilib, oʻquvchi-yoshlar tomonidan tayyorlangan “Birinchi Prezidentim” nomli qoʻshiq ijro etildi.

Поделиться