O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yangi muassasalar – xalq xizmatida

2019-01-31 | Siyosat

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mirzachoʻl tumanidagi “Binafsha” davlat maktabgacha taʼlim muassasasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

“Obod qishloq” dasturi asosida kapital taʼmirlangan mazkur bogʻchada bolalarning rivojlanishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Muassasa 280 oʻringa moʻljallangan. Mashgʻulot xonalari bolalarni maktabga tayyorlash boʻyicha ilgʻor metodikalar asosida, zamonaviy inventarlar bilan jihozlangan. Sport va oʻyin maydonchalari qurilgan. Turli interfaol oʻyinlar, buyumlar va oʻyinchoqlar bolalarning aqlini charxlashga yoʻnaltirilgan.

Maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish, farzandlarimizga yaxshi tarbiya berish doimiy eʼtiborimizda boʻladi. Bogʻchaga borgan bolaning sogʻligʻi mustahkam, dunyoqarashi keng, oʻziga ishonchi yuqori boʻladi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish, davlat va xususiy bogʻchalar tashkil etish orqali bolalar qamrovini koʻpaytirish, shu bilan birga taʼlim-tarbiya sifatini oshirish zarurligini taʼkidladi.

Davlatimiz rahbari Mirzachoʻl tumani koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasini ham koʻzdan kechirdi.

Poliklinika binosi “Obod qishloq” dasturi asosida zamonaviy qilib qurilgan. Terapevt, pediatr, jarroh, stomatolog, oftolmolog, travmatolog, nevropotolog, psixiatr kabi mutaxassislar zarur diagnostika apparatlari va asbob-uskunalar bilan taʼminlangan.

250 qatnovga moʻljallangan muassasada aholiga qulaylik yaratish maqsadida elektron roʻyxatga olish tizimi joriy qilingan. Ayollar maslahatxonasi, kunduzgi statsionar, ijtimoiy dorixona tashkil etilgan.

Поделиться