O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qoʻshma korxona faoliyati kengayadi

2019-01-31 | Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Forish tumanidagi “Mega Invest Industrial” qoʻshma korxonasini borib koʻrdi.

2017-yil dekabrda faoliyat boshlagan korxonada bazalt toshi qayta ishlanib, bazalt tolasi va armaturasi ishlab chiqariladi. Ayni paytda loyihaning birinchi va ikkinchi bosqichlari ishga tushirilgan. Buning uchun Buyuk Britaniyaning “Leigh Borrier” kompaniyasining 11 million dollar investitsiyasi hamda Oʻzbekiston milliy bankining 26 million dollar kredit mablagʻi yoʻnaltirilgan. Germaniya, Fransiya, Italiya, Rossiya, Turkiya kabi davlatlardan nou-xau texnologiyalar keltirib oʻrnatilgan. 225 kishining bandligi taʼminlangan.

2018-yilda bu yerda ming tonna bazalt armaturasi va setkalar ishlab chiqarildi. Yaqin vaqtlarda uchinchi bosqichni ham ishga tushirish moʻljallangan. Korxona toʻliq quvvat bilan ishlagach bir yilda 4 ming tonna bazalt tolasi va 4 ming 800 tonna armatura tayyorlanadi.

Bazalt armaturasining afzalligi shundaki, u metall armaturasidan 8 barobar yengil, 3 barobar mustahkam, 30 foiz arzon. Qolaversa, zanglamaydi, elektr tokini oʻtkazmaydi, 100 yilgacha oʻz xususiyatini yoʻqotmaydi. Mazkur korxona Oʻrta Osiyoda yagonaligi, MDH davlatlarida ikkinchi ekanligi bilan ahamiyatlidir.

Davlatimiz rahbari korxonadagi ish jarayonini koʻzdan kechirdi. Faoliyatni yanada kengaytirib, ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulotlar tannarxini kamaytirish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Поделиться