O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turkiya Elchisi bilan uchrashuv

2019-01-30 | Siyosat

2019-yilning 30-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Mehmet Sureyia Erni qabul qildi.

Ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilar ekan, Vazir Elchini tayinlov bilan samimiy qutladi va unga muvaffaqiyatlar tiladi.

Mehmet Sureyia Er qutlov uchun minnatdorchilik bildirdi va mamlakatlarimiz va xalqlarimiz oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirishga munosib hissa qoʻshish uchun bundan avvalgi faoliyati, jumladan Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) prezidenti oʻrinbosari lavozimidagi barcha tajribasidan foydalanganligiga ishontirdi.

Suhbat chogʻida koʻp qirrali ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Oʻtgan yil bahorida boʻlib oʻygan Prezident Rejep Tayyip Erdogʻanning Oʻzbekistonga davlat tashrifi va Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan samarali muzokaralari davlatlararo munosabatlarda yangi sahifa ochgani taʼkidlandi.

Oʻzbekiston tomonining maʼlumotlariga koʻra, 2018-yili oʻzaro savdo aylanmasi hajmi 40 foizga oʻsib, 2 milliard 172 million AQSH dollarini tashkil etdi. Mamlakatimizga 75 mingga yaqin Turkiya fuqarolari tashrif buyurdi, bu esa oʻtgan yilga qaraganda deyarli ikki baravar koʻpdir. Bu kabi ijobiy oʻzgarish oʻzaro munosabatlarning boshqa sohalarida ham kuzatilmoqda.

Uchrashuvda boshlangan yildagi qoʻshma tadbirlar rejasi va kun tartibi yuzasidan fikr almashildi, ushbu tadbirlar orasida ikki davlat rahbarlarining raisligida Strategik hamkorlik boʻyicha Oliy kengashning birinchi majlisi markaziy hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, 2019-yilda Oʻzbekiston-Turkiya siyosiy muloqotining asosiy voqeasiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.

Поделиться