O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha maxsus oʻquv kursi tashkil etildi
2019-01-30 | Texnologiyalar
29-yanvar kuni Toshkentda “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi filiallarining tijorat direktorlari va texnik rahbarlari uchun telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, yangi xizmatlarni joriy qilish va xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash boʻyicha bir haftalik maxsus oʻquv kursi oʻz ishini boshladi.
Oʻquv kurslarini ochib berar ekan, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Q. Yuldashev axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish va raqamli iqtisodiyot uchun telekommunikatsiya infratuzilmasini bilan takomillashtirishga qaratilgan asosiy vazifalarni belgilab berdi.
Bir hafta davomida maxsus oʻquv kurslari doirasida tinglovchilarga yetakchi ekspertlarning telekommunikatsiyalar sohasidagi bir qator maʼruzalari taqdim etiladi.