O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Mustaqilligimiz asoschisi” nomli koʻrgazma tashkil etildi

2019-01-30 | Madaniyat

Joriy yilning 29-yanvar kuni Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyida tarix boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov tavalludining 81 yilligiga bagʻishlangan “Mustaqilligimiz asoschisi” va “Mustaqilligimiz meʼmori” nomli koʻrgazma tashkil etildi.

Koʻrgazmada Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovni amalga oshirgan ishlari turli sohalardagi islohotlari aks etgan matbuot nashrlari hamda mustaqillik yillaridagi voqeliklar tarixi bitilgan kitoblaridan namunalar namoyish etildi.

Tashrif buyuruvchilarga muzey ilmiy xodimlari Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning mustaqilligimizni qoʻlga kiritilishidagi jonbozliklari xamda zaxmatli mehnatlari shu bilan birgalikda buyuk siyosatchi, uzoqni koʻra biladigan inson ekanligini, hayot va faoliyatlari haqida maʼruza qildilar.

Поделиться