O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sogʻliqni saqlash sohasida davlat-xususiy sherikchiligi (DXSH)

2019-01-30 | Sog‘liqni saqlash

29-yanvar kuni poytaxtimizda sogʻliqni saqlash sohasida davlat-xususiy sherikchiligi boʻyicha tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sherikchiligi (DXSH) agentligi, Jahon banki guruhining tarkibiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) hamda Shveytsariyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etildi.

Uchrashuv soha rahbarlari va mutaxassislari nutqlari uchun, shuningdek barcha ishtirokchilar oʻrtasida munozaralar uchun qulay zamin yaratdi.

Seminarning kirish qismida Moliya vaziri oʻrinbosari – Davlat-xususiy sherikchiligi agentligi direktori Gʻolib Xoljigitov, Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov, Oʻzbekistondagi Xalqaro moliya korporatsiyasi boshligʻi Zafar Hashimov, Markaziy Osiyodagi Jahon bankining ijtimoiy loyihalar boʻyicha menejeri Susanna Ayrapetyan va Shveysariya elchixonasining xodimi Dildora Abidjanova soʻzga chiqishdi.

“Sogʻliqni saqlash tizimida davlat-xususiy sherikchiligi modellari“ mavzusidagi taqdimotni IFCning maslahat xizmati rahbari Karin Bashongi joriy loyihalar boʻyicha amalga oshirdi. Gruziya sobiq Sogʻliqni saqlash vaziri Andrey Urushadze, Qirgʻiziston Sogʻliqni saqlash vazirligi Departamenti direktori Meder Ismoilov va DXSH boʻyicha Qirgʻiziston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi Gulnora Kalikova bu borada oʻz mamlakatlarining tajribalari haqida soʻzlab berishdi. IFCning investitsiyalar boʻyicha bosh mutaxassisi Zeynep Kantur, ishtirokchilarni Turkiyadagi shifoxonalarda davlat-xususiy sherikchiligi dasturi bilan tanishtirib oʻtdi.

Tadbirda bir qator istiqbolli loyihalar misolida yurtimizda sogʻliqni saqlash tizimida DXSHni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Mahalliy va xorijiy ekspertlar oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Поделиться