O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi

2019-01-29 | Jamiyat

Yurtimiz taraqqiyot yoʻliga jiddiy toʻsiq boʻlib, jamiyat rivojiga bevosita tahdid tugʻdiradigan asosiy illatlardan biri bu shubhasiz – korrupsiyadir. Shu bois mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillaridan bu illatga qarshi kurash choralarini kuchaytirish, uni tag-tomiri bilan yoʻqotish, bu boradagi huquqiy asoslarni yanada mustahkamlashga eʼtibor qaratilib kelinmoqda.

Jumladan, BMTning “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi konvensiyasiga aʼzo boʻlinishi, “Korrupsiyaga qarshi kurash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonunining qabul qilinishi vatanimizda bu boradagi amalga oshirilayotgan ishlarning dolzarb ahamiyat kasb etishini anglatadi.

Shu bilan birgalikda, jamiyatda korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga barham berish uchun avvalo har bir fuqaroda huquqiy ong, huquqiy madaniyatni shakllantirish zarur. Navoiy viloyati bojxona boshqarmasida tadbirkorlik subyektlari bilan tashkil etilgan navbatdagi uchrashuv ham ayni shu masalalarga bagʻishlandi. Uchrashuvda boshqarmaning Oʻz xavfsizlik guruhi vakili Ye.Ibragimov soʻzga chiqib, bojxona organlarida ham korrupsiyaga qarshi kurash sohasida va bu yoʻnalishdagi huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarga toʻxtalib oʻtdi.

Bojxona xodimi nafaqat davlat manfaatlarini ishonchli himoya qilishi, balki oʻz xatti-harakatlari bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlari buzulishiga yoʻl qoʻymasligi lozimligi, bu esa oʻz navbatida bojxona xodimidan chiqur bilim va tajribani hamda amaldagi qonun hujjatlari talablarini puxta oʻzlashtirishni talab qilishi taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan gʻoya bojxona organlari ish faoliyatining asosiy mezoniga aylanganligi va shu nuqtai nazardan bojxona postlarida bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonida sansalorlik yoki boshqa korrupsion illatlar kuzatilgan taqdirda darhol boshqarmaning 79-223-08-65 raqamli ishonch telefoniga, Oʻz xavfsizlik guruhi xodimining 91-370-25-84 raqamli shaxsiy telefoniga yoki telegram ijtimoiy tarmogʻidan foydalangan holda murojaat qilinishi mumkinligi, bunda murojaatlar maxfiyligi kafolatlanishi aytib oʻtildi.

Поделиться