O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Oʻzbekiston havo yoʻllari“ joriy yilda uchta yangi yoʻnalish ochishni rejalashtirmoqda
2019-01-29 | Jamiyat
“Oʻzbekiston havo yoʻllari“ - joriy yilda uchta yangi yoʻnalish - Tbilisida, Myunxen va Karachi shaharlarida ochishni rejalashtirmoqda”, deya xabar bermoqda Milliy aviakompaniya matbuot xizmati.
Soʻnggi uch oy ichida Milliy aviakompaniya Mumbay, Vladivostok va Jidda shaharlariga yangi uchta reys ochdi.
Bundan tashqari, mavjud yoʻnalishlarda parvozlarning soni sezilarli darajada oshdi. Masalan, Toshkent-Moskva eng mashhur yoʻnalishlardan biri, ushbu yoʻnalishidagi parvozlar soni hafta mobaynida 27 taga oshirildi va Rossiya poytaxtiga Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Namangan va Fargʻona shaharlaridan parvozlar soni jami 49 taga yetdi.
Shu bilan birga, Toshkentdan Seul, Dushanbe, Bishkek, Minsk, Rostov-na-Donu, Ostona va Novosibirsk shaharlariga parvozlar soni oshirildi. Shuningdek, bugungi kunda eng mashhur yoʻnalishlaridan biri - Istanbulga - poytaxtdan bir haftada 10 ta parvoz, Samarqanddan esa 2 ta parvoz amalga oshirilmoqda.