O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Moliya tizimining 2018-yildagi faoliyati tahlil etildi hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar belgilab olindi

2019-01-29 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 28-yanvar kunida Moliya vazirligida Davlat byudjetining 2018-yilgi ijrosi va 2019-yilgi byudjet parametrlarini sifatli ijro etilishini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi davomida berilgan topshiriqlardan kelib chiqadigan moliya tizimi xodimlarining vazifalariga bagʻishlangan navbatdagi kengaytirilgan Hayʼat yigʻilishi oʻtkazildi.

Hayʼat yigʻilishi videoselektor tarzida (respublika studiyasi hamda hududiy studiyalarda) oʻtkazildi. Markaziy apparatning boshqarma boshliqlari, vazirlik huzuridagi tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari boshliqlari, Gʻaznachilik boshqarmalari boshliqlari, Davlat moliyaviy nazorati boshqarmalari boshliqlari hamda Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi boshqarmalari boshliqlaridan iborat jami 96 nafar rahbar xodimlar bevosita Respublika studiyasida, 656 nafar rahbar xodimlar esa tashkil etilgan hududiy studiyalarda ishtirok etdi.

Mazkur Hayʼat yigʻilishida:

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi davomida berilgan topshiriqlardan kelib chiqadigan moliya tizimi xodimlarining zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalar;

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga byudjet moʻljallari toʻgʻrisida”gi qaroridan kelib chiqib byudjet–soliq siyosatining yoʻnalishlari;

- Davlat byudjeti, xususan mahalliy byudjetlar daromadlar 2018-yil ijrosi va 2019-yilda koʻriladigan chora-tadbirlari;

- Davlat byudjeti, xususan mahalliy byudjetlar xarajatlar 2018-yil ijrosi va 2019-yilda koʻriladigan chora-tadbirlari;

- Moliya tizimi faoliyatini yanada yaxshilashga qaratilgan boshqa masalalar koʻrib chiqildi.

Shuningdek, tadbirda, 2019-yilda ham iqtisodiyotimizning yuqori va barqaror oʻsish surʼatlarini saqlab qolishda davlat byudjeti daromadlari tushumini koʻpaytirish, bu borada qoʻshimcha zaxiralarni izlab topish hamda byudjet xarajatlarining aniq maqsadlarda yoʻnaltirish bilan birga uning natijadorligini oshirish bilan bogʻliq ustuvor-eng asosiy vazifalar belgilab olindi.

Поделиться