O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yoshlar oʻrtasida, turizm sohasidagi eng samarali biznes loyihalar tanlovning yakuniy bosqichi haqida
2019-01-28 | Turizm
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan yoshlarning turizm sohasidagi biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, samarali biznes-rejalarni amalga oshirishda yaqindan koʻmaklashish maqsadida tanlov eʼlon qilingan edi.
Joriy yilning 25-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasida ushbu tanlovining soʻnggi bosqichi oʻtkazildi. Tanlovda respublikamizning hududlaridan tashrif buyurgan tanlovning birinchi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan ishtirokchilar oʻz biznes loyihalari bilan qatnashishdi va hakamlar hayʼati huzurida himoya qilishdi.
Tanlov mezonlari asosida gʻolib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish uchun Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tegishli shartlar asosida eng kam ish haqining 250 (ikki yuz ellik) barobarigacha boʻlgan miqdorda pul mukofotlari ajratiladi.
Shuningdek, loyiha samaradorligini taʼminlash maqsadida Tanlov gʻoliblari Oʻzbekiston-Yaponiya markazi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tashkil etiladigan turizm sohasida biznes yuritish va boshqarish boʻyicha maxsus oʻquv kurslarida taʼlim olish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Maʼlumot uchun: tanlov gʻoliblari haqida maʼlumotlar http://uzbektourism.uz sayti va boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlon qilinadi.