O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bangladesh Elchisi bilan uchrashuv
2019-01-28 | Siyosat
2019-yilning 28-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov Bangladesh Xalq Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Masud Mannan bilan uchrashdi.
Suhbat chogʻida davlatlararo munosabatlarning muhim masalalari, ularni 2019-yilda tomonlar uchun maqbul boʻlgan barcha sohalarda yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Oʻzbekiston – Bangladesh tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi raundi hamda Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning uchinchi yigʻilishini oʻtkazish borasidagi takliflar muhokama qilindi.
Uchrashuvda tomonlar koʻrib chiqayotgan ikki tomonlama hujjatlarning, jumladan avia-qatnovlar toʻgʻrisidagi va madaniyat sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomalarning loyihalariga alohida eʼtibor qaratildi.