O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston va Tojikiston davlatlararo chegara chizigʻini demarkatsiya qilishga tayyorgarlikni davom ettirmoqdalar
2019-01-28 | Siyosat
2019-yilning 21-27-yanvar kunlari Dushanbe shahrida Oʻzbekiston-Tojikiston davlat chegarasini demarkatsiya qilishning tashkiliy-huquqiy masalalarini kelishish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi delegatsiyalarining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Muzokaralar chogʻida tegishli normativ-texnik hujjatlar loyihalari tayyorlandi, buning asosida demarkatsiya ishlarini oʻtkazish uchun hududlarda davlat chegarasi chizigʻini aniqlash boʻyicha muzokaralar jarayonini boshlanadi.
Uchrashuv anʼanaviy doʻstlik va oʻzaro tushunish muhitida oʻtdi.
Tadbir yakuniga koʻra Bayonnoma imzolandi.