O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qozogʻiston Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari bilan uchrashuv
2019-01-28 | Siyosat
2019-yilning 25-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Dilshod Axatov Atrof-muhit va suv resurslarini muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik boʻyicha “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” yuqori darajadagi konferensiyasida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga Qozogʻiston Respublikasi delegatsiyasiga boshchilik qilib kelgan Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Roman Vasilenko bilan uchrashdi.
Uchrashuv chogʻida ikki tomon kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan, jumladan xalqaro tashkilotlar va tuzilmalar doirasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida fikr almashildi.