O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qashqadaryoda hozirgacha 986 gektar maydonda obodonlashtirish ishlari olib borildi

2019-01-26 | Ekologiya

Umumxalq ekologik xayriya hashari mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Qashqadaryo viloyatida ham uyushqoqlik bilan oʻtkazilmoqda.

Umumxalq xayriya hashari barcha tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, shuningdek, fuqarolar yigʻinlari hududida uyushqoqlik bilan tashkil etilib, hozirgacha unda 321 ming nafardan ziyod fuqaro qatnashmoqda. 
 
Kun davomida el-yurt yumushiga bel bogʻlagan hasharchilarning gʻayrat-shijoati bilan viloyatning 986 gektar maydonida obodonlashtirish ishlari, 1 ming 441 metr uzunlikdagi ariq-zovurlar tozalanib, 14 ziyoratgoh va 177 qabriston tartibga keltirildi. Shuningdek, 741 ming 150 tup daraxtga shakl berilib, oqlandi. 
 
– Yurtimizning ekologik muhitini yanada yaxshilashga hammamiz birdek masʼulmiz, – deydi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ekologiya kafedrasi professori Shuhrat Murodov. – Bugun erta tongdan institutimiz talaba-yoshlari, oʻqituvchilari ekobogʻimizni obodonlashtirishga kirishdik. Bu hasharga barcha yurtdoshlarimiz sidqidildan oʻz hissalarini qoʻshmoqda. Shu jumladan biz ham. 
 
Oʻlmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), OʻzA

Поделиться