O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hashar Jizzax viloyatida ham faollik bilan oʻtmoqda

2019-01-26 | Ekologiya

Orolboʻyi ekologik holat oqibatlarini yumshatish borasidagi tashabbus va saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mamlakatimiz jamoatchiligining tashabbusiga qoʻshilgan Jizzax viloyati davlat va jamoat tashkilotlari jamoalari bugun erta tongdan umumxalq ekologik hashariga chiqdi.

Viloyat hokimi farmoyishi bilan tuzilgan tegishli davlat va jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat ishchi guruh umumxalq hashari qatnashchilarini zarur texnika vositalari, anjomlar bilan taʼminlashda amaliy yordam koʻrsatmoqda.
 
Tadbirlar rejasiga koʻra, barcha mahalla, aholi punktlari, koʻp qavatli uylar va binolar, hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar va qabristonlar, ariqlar, koʻcha va yoʻlaklarni hamda bolalar maydonchalarini tartibga keltirish boʻyicha ekologik aksiyalar oʻtkazilmoqda.
 
Hasharda aholining ekologik va estetik madaniyatini yuksaltirish, ularni ona tabiat va uning neʼmatlariga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash, ozodalik va obodlik kabi milliy anʼanalarimizni yoshlar ongiga singdirish kabi xalqimizning azaliy ezgu va goʻzal qadriyatlari namoyon boʻlmoqda.
 
Ariqlarni va sugʻorish tizimlari sozligi taʼminlash, daraxtlarga shakl berish, oqlash va ularning aniq hisobini olish ishlari bajarilmoqda. Hududlar turli chiqindilardan tozalanib, tabiatni asrashga chorlovchi koʻrgazmali targʻibot vositalari oʻrnatilmoqda.
 
– Hashar viloyatda keng koʻlamda, yuksak faollik bilan oʻtmoqda, – deydi viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi masʼul xodimi Anvar Quvondiqov. – Hasharda boshqarmamiz tizimidagi korxonalari va boshqa tashkilotlardan 72 transport vositasi, 300 dan ziyod ishchi-xizmatchilar ishtirok etyapti. Bu ishda turar joy, ishlab chiqarish va ijtimoiy inshootlar atrofida obodonlashtirish, atrof muhitni turli chiqindilardan tozalashga alohida eʼtibor qaratilayotir. Bundan tashqari, boshqarmamiz va tuman inspeksiyalari mutaxassislari joylarda hasharni yuksak unumdorlik bilan tashkil etishda amaliy yordam koʻrsatmoqda.
 
Hasharda viloyat “Obodonlashtirish” boshqarmasi va uning shahar, tuman boʻlimlari, mahallalar, uy-joy shirkatlari ayniqsa faol qatnashmoqda. Bu kabi tadbirlar viloyatdagi “Obod mahalla”, “Obod qishloq” dasturlariga kiritilgan aholi punktlarida ham qizgʻin oʻtmoqda.
 

 

Toshqul Beknazarov, OʻzA 

Поделиться