O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mamlakatdagi ekologik vaziyatni sogʻlomlashtirish – asosiy vazifa

2019-01-26 | Ekologiya

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston ekologik harakati deputatlari guruhining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini taʼminlashda ekoharakat deputatlari guruhining oldida turgan ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi.
 
Deputatlik guruhi aʼzolari tomonidan Davlat dasturi loyihasini shakllantirish va muhokamaga qoʻyilgan dastur loyihasini yanada mukammalligini taʼminlash maqsadida bir qator asoslantirilgan takliflar berildi.
 
Davlat dasturi doirasida ishlab chiqilishi belgilangan Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish konsepsiyasi, Biologik xilma-xillikni saqlash boʻyicha strategiya, Oʻzbekiston Respublikasining 2019-2028 yillarga moʻljallangan qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish strategiyasi, Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha mintaqaviy dastur konsepsiyasi kabi loyihalarni ishlab chiqish va qabul qilishda deputatlik guruhi aʼzolari faol ishtirok etishi zarurligi qayd etildi.
 
Ushbu jarayonda aholining keng qatlami, mutaxassislar, ekspertlar va fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokida muhokamalar oʻtkazilib, ularning takliflari asosida mazkur loyihalarni takomillashtiriladi.
 
Davlat dasturining Respublika hududlaridagi aholi punktlarida ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish yoʻnalishida belgilangan vazifalarga alohida eʼtibor qaratiladi. Suv resurslaridan oqilona foydalanish, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashni taʼminlashda nazarda tutilayotgan 821,8 kilometr masofadagi magistral, tumanlararo va xoʻjaliklararo kollektorlar tizimi, 341,6 kilometr yopiq yotiq drenajlar, 428,8 kilometr kanallar, 127,2 kilometr lotok tarmoqlari, 213 ta gidrotexnik inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish ishlarining bajarilishini nazorat qilib borish va tegishli tavsiyalar kiritish rejalashtirilmoqda.
 
Bundan tashqari, sanoat korxonalarining atrof-muhitga real tahdidlarini oʻrganish va baholash, mamlakatdagi ekologik vaziyatni sogʻlomlashtirish, atrof-muhit ifloslanishini sezilarli tarzda kamaytirishni taʼminlash tizimini takomillashtirish deputatlar guruhi oldida turgan asosiy vazifa hisoblanadi.
 
Yigʻilishda, shuningdek, Orolboʻyi hududida ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasini yaratish boʻyicha xalqaro anjuman tashkil etish va oʻtkazish jarayonlarida oʻz taklif va tavsiyalari bilan faol ishtirok etish lozimligi qayd etildi.
 
Yakunda Davlat dasturi ijrosini taʼminlash boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.
 
Nurillo Nasriyev, OʻzA

Поделиться