Bugun yurtimiz boʻylab oʻtkazilayotgan xayriya hasharida Samarqand viloyati aholisi faol ishtirok etmoqda.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boʻlimi maʼlumotlariga koʻra, erta tongdan viloyat boʻyicha 600 mingdan ortiq aholi hasharga chiqqan. Hududlarni obodonlashtirish, ariq-zovurlarni tozalash, chiqindilarni olib chiqish uchun 700 dan ortiq texnika jalb etilgan.
Viloyatdagi bogʻ va xiyobonlar bilan birga mahallalar ahli tomonidan muqaddas qadamjo va qabristonlar obodonlashtirilib, tozalanmoqda.
Bugungi hashar davomida tuman va shaharlarda ehtiyojmand, kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish, 800 dan ortiq uy-joylarini ham taʼmirlash koʻzda tutilgan.
Gʻ.Hasanov, OʻzA