O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Madaniy meros obyektlari dunyo eʼtiborida

2019-01-25 | Madaniyat

Joriy yilning 21 yanvar kuni yurtimizda YUNЕSKO Umumjahon merosi markazi oliy monitoring missiya vakillari kutib olindi.

Xususan, YUNЕSKO Umumjahon merosi markazi direktor oʻrinbosari Dj. Xosagraxar xonim boshchiligidagi delegatsiya va IKOMOS eksperti M. Tyornerlar mamlakatimizning Shahrisabz, Samarqand va Buxoro shahrida joylashgan moddiy madaniy meros obyektlariga tashrif buyurib, YUNЕSKOning 42-sessiyasida berilgan tavsiyalar ijrosi hamda Ozarbayjonning Baku shahrida boʻlib oʻtadigan 43-sessiyaga tayyorgarlik ishlari yuzasidan Shahrisabz shahrida joylashgan moddiy madaniy meros obyektlarini koʻzdan kechirishdi. Shuningdek, trening va mahorat darslari tashkil etildi.

Delegatsiya 26 yanvarga qadar yurtimizning Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlarida boʻlib, Yunesko roʻyxatiga kiritilgan moddiy madaniy meros obyektlarini kuzatishda davom etadi.

Поделиться