O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Koreya Respublikasi Elchisi bilan uchrashuv
2019-01-25 | Siyosat
2019-yilning 25-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Dilshod Axatov Koreya Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kvon Yon U bilan uchrashdi.
Suhbat chogʻida 2019-yilga moʻljallangan siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama aloqalarning jadvali boʻyicha fikr almashildi.
Boʻlajak oliy darajadagi Oʻzbekiston – Janubiy Koreya uchrashuvini muvaffaqiyatli oʻtkazishdan ikki tomon ham manfaatdorligi qayd etilib, unga puxta tayyorgarlik koʻrish borasidagi qoʻshma tadbirlarning amaliy jihatlari muhokama qilindi.