O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi ekspertlari bilan uchrashuv

2019-01-25 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 21-yanvaridan 1-fevraligacha Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Oʻzbekistonda soliq islohotlarini amalga oshirishda texnik koʻmaklashish boʻyicha navbatdagi missiyasi oʻz ishini davom ettirmoqda.

Xorijlik ekspertlarning Davlat soliq qoʻmitasi rahbariyati hamda mutaxassislari bilan qator uchrashuvlarida hamkorlik doirasida amalga oshirilgan ishlar tahlil etilib, istiqboldagi chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xususan, soliq maʼmuriyatchiligini yuritishda biznes uchun teng raqobat sharoitini yaratish, korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni toʻlash, shu jumladan, qoʻshilgan qiymat soligʻiga oʻtkazilishi munosabati bilan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tushunmovchiliklarning oldini olish, soliq toʻlovchilar bilan munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqadigan zamonaviy xizmatlarni yoʻlga qoʻyish va zarur shart-sharoitlarni yaratishga doir masalalar muhokama etildi.

Shu bilan birga, yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishning maqbul mexanizmini ishlab chiqish yuzasidan ham fikr almashildi. Bu yoʻlda Xalqaro valyuta jamgʻarmasi ekspertlari tuman soliq inspeksiyalariga chiqib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishishi hamda mamlakatimizda soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish yuzasidan oʻz tavsiyalarini berishi rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Jahon banki ekspertlari davlatimiz rahbari tomonidan soliq tizimini isloh qilish boʻyicha amaliy ishlarning samarali ijrosini taʼminlash uchun texnik tomonlama koʻmak koʻrsatish maqsadida jalb qilingan.

Поделиться