O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Sanoat Turizmi” yoshlar orasida ommalashmoqda

2019-01-24 | Turizm

Sanoat turizmi bu boshqa yoʻnalishlarga qaraganda nisbatan yaqinda shakllangan sayyohlik yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Shunga qaramasdan bugungi kunda dunyo boʻylab bu yoʻnalishga qiziqayotgan sayyohlar soni tobora ortmoqda. Ushbu yangi yoʻnalishda ham sayyohlar qiziqarli dam olish bilan bir qatorda, texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish xususiyatlari va mutaxassislar bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega boʻladi.

Sanoat turizmi yoʻnalishi Oʻzbekistonda ham jadal rivojlanmoqda. Buni oʻtgan yillar mobaynida Samarqand, Jomboy va Taylak shahar va tumanlardagi yirik korxonalarga, jumladan, Oʻzbekiston-Germaniya qoʻshma qoʻshma korxonasi “JV Man Auto-Uzbekistan”, “Uzautotrailer”, “Uzautotrailer-kamaz”, “Yasham Erkaplan Carpet”, “Samarqand Aziya Gilam”, “Samarkand-Bukhara Ipak Gilami”, “8 marta”, “Siyob saxovati”, “Agromuz”larga yoshlar va mahalliy aholi tashriflarini amalga oshirganidan ham bilish mumkin.

Joriy yilning 19-yanvar kuni Samarqand viloyat Turizmni rivojlantirish departamenti masʼul xodimlari tomonidan Samarqand shahridagi 17-umumiy oʻrta taʼlim maktab oʻquvchilari va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejining bir guruh talabalariga (jami 70 nafardan ziyod) “Yasham Erkaplan carpet” MCHJ boʻylab ekskursiya tashkil etildi. Ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurgan oʻquvchilarga korxona faoliyati uch tilda yani oʻzbek, rus hamda ingliz tillarida tanishtirildi.

Kunning ikkinchi yarmida yoshlar Mirzo Ulugʻbek muzey-rasadxonasiga tashrifni amalga oshirib, shahar tarixi haqida yanada koʻproq maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

Maʼlumot uchun: Viloyatda Sanoat turizmi yoʻnalishini rivojlantirish boʻyicha hududiy departament tomonidan bundan keyin ham tizimli ekskursiyalar tashkil etish rejalashtirilgan.

Поделиться