O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Davlat raqobat qoʻmitasining 2018-yil yakunidagi faoliyati toʻgʻrisida
2019-01-24 | Iqtisodiyot
Qonunchilik bazasini takomillashtirish
Qoʻmita tomonidan 94ta meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari, shundan 8ta qonun loyihasi, 18ta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, 48ta Hukumat qarori loyihasi va 20ta idoraviy meʼyoriy–huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi.
Shu bilan bir qatorda, kelishish uchun vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan 1224 ta meʼyoriy-huquqiy hujjatlar (99 ta qonun loyihasi, 382ta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, 692 ta Hukumat qarori loyihasi, 51 idoraviy meʼyoriy-huquqiy hujjatlar) loyihalari koʻrib chiqildi.
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish
Bugungi kunga kelib,boʻsh turgan obyektlar negizida 15,5 mingdan ortiq investitsiyaviy loyihalar ishlab chiqilib, ularni asosan 2018-2020-yillarda amalga oshirish koʻzda tutilagan. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun 8 769,8 mlrd.soʻmlik va 456,5 mln. Dollarlik investitsiyalarni oʻzlashtirish va 100 mingdan ziyod yangi ish oʻrinlarini yaratish moʻljallangan.
Olib borilgan monitoring natijalariga koʻra bugungi kunga kelib 4529 investitsiya loyihalari amalga oshirilgan, 1726,0 mlrd.soʻm va 4,8 mln.soʻmlik investitsiyalar oʻzlashtirildi, 14053 ta yangi ish oʻrinlari yaratilgan.
Oʻtgan davr mobaynida tashkil etilgan 660 ta oʻquv kurslarida jami boʻlib 13974ta tinglovchi oʻz malakasini oshirdi. Bugungi kunga kelib tinglovchilarning 1232 tasi oʻz faoliyatini boshladi, 2097 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.
2017-2018-yillarda jami boʻlib 106 ta KSZ tashkil etildi, shundan 68 tasi 2018-yilda tashkil etildi.
Tabiiy monopoliyalarni tartibga solish
Tabiiy monopoliyalar Davlat reyestriga kiritilgan tabiiy monopoliya subyektlari soni 10 mahsulot turlari boʻyicha 140 tani tashkil etdi.
Jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan 406 ta murojaat koʻrib chiqildi, natijada asossiz hisoblangan 1,4 mlrd.soʻm qayta hisob-kitob qilindi.
Raqobat muhitini rivojlantirish
Monopolist korxonalar Davlat reyestrida 2019-yilning 1-yanvar holatiga 94 ta xoʻjalik subyekti 90 ta mahsulot (ish, xizmat) turlari boʻyicha turibti.
Hisobot davrida jami boʻlib 23ta tovar va moliya bozorlari oʻrganildi, nohalol raqobat masalalari boʻyicha 121 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, shundan 70 tasi boʻyicha raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi holatlari yuzasidan ish qoʻzgʻatildi, 51 tasi rad etildi, 7 tasi sudlarda koʻrib chiqilmoqda
Xoʻjalik subyektining 35%dan ortiq aksiyasi va 50%dan ortiq ulushini sotib olish uchun berilgan 176 ta murojaat va xoʻjalik subyektlarini birlashtirish, qoʻshib olish va qoʻshilib ketishi boʻyicha 52 ta murojaat koʻrib chiqildi.
Isteʼmolchilarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish
Qoʻmitaga jami 3030 murojaatlar kelib tushgan, shundan 2156– yozma, 874- ishonch telefoni orqali.
Murojaatlarni koʻrib chiqish natijasida jami 764,6 mln. soʻm qayta hisob kitob qilindi, shundan 571,9 mln. soʻm –yozma murojaatlar boʻyicha, 192,7 mln. soʻm – ishonch telefoni orqali tushgan murojaatlar boʻyicha.
Reklama bozorini tartibga solish
Oʻtgan hisobot davrida jami boʻlib 780 ta oʻrganishlar oʻtkazildi, shundan 361ta holatda reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilishi aniqlandi. Qonunbuzilish holatlari boʻyicha 24 ta yozma koʻrsatmalar berildi, 1 ta mansabdor shaxsga nisbatan 1,2 mln.soʻmlik maʼmuriy jarima qoʻllanildi.
Zarar koʻrib ishlaydigan va iqtisodiy nochor korxonalar bilan ishlash
Mahalliy hokimiyat organlari va tijorat banklari bilan birgalikda 2017-2018-yillarda kam quvvatli korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish va boʻsh turgan davlat mulki obyektlari negizida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etgan xolda yangi ish oʻrinlarini yaratish dasturlari ishlab chiqilib tasdiqlandi va iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish boʻyicha Respublika komissiyasi tomonidan maʼqullandi.
Ushbu dasturlar 4415 ta loyihani amalga oshirishni nazarda tutgan boʻlib, shundan 2018-yilda 798 ta loyiha amalga oshirilishi, ularga jami boʻlib 502,3 mlrd.soʻm investitsiyalarni, shu jumladan tijorat banklarini 27,6 mlrd.soʻm kredit mablagʻlarini jalb qilish moʻljallangan edi.
Oʻtgan hisobot davrida moliyaviy sogʻlomlashtirish dasturlariga kiritilgan, mulkdorlar va tijorat banklarining kreditlari sifatida moliyaviy koʻmak koʻrsatilgan korxonalar tomonidan 815,2 mlrd.soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarildi, xizmatlar koʻrsatildi, 31,1 ming dollar hajmida mahsulot eksport qilindi, 10 133 yangi ish oʻrinlari barpo etildi.
Davlat aktivlarini boshqarish va korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish
Jami boʻlib 21842 ta korxona va muassasalar roʻyxatga olindi, shundan 1908 tasi davlat tashkilotlari va 19934 tasi muassasa va idoralar.
22,1 mingta bino va inshootlar ijaraga berildi, 40,3 mingta ish oʻrinlari yaratildi.
Davlat mulki obyektlarini ijaraga berishdan jami 135,0 mlrd.soʻm mablagʻ tushdi, shundan 32,6 mlrd.soʻm mahalliy byudjetlarga yoʻnaltirildi.
Davlat aktivlarini xususiy mulkdorlarga sotish
Hisobot davrida xususiy sektorga 842 ta davlat aktivlari (shundan 498 tasi 670,0 mlrd.soʻm, 187,1 mln. doll. miqdorda investitsiya kiritish va 15,5 mingta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan “nol” xarid qiymatida) umumiy qiymati 113,6 mlrd.soʻm boʻlib, shundan 814,4 mlrd.soʻm va 792 ming doll. miqdorida investitsiya majburiyatlari boʻlib, 18,4 mingta yangi ish oʻrinlari yaratish sharti bilan sotildi.
Investitsiya majburiyatlari bajarishi ustida olib borilgan monitoring natijalari
Davlat aktivlarini oldi-sotdi shartnomalari boʻyicha investorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni bajarilishi ustidan monitoring davom ettirildi. Natijada, 328 ta shartnoma boʻyicha umumiy qiymati 10,1 mln.dol. va 525,6 mlrd.soʻmlik investitsiya majburiyatlari bajarilishiga va 12,9 mingdan dan ortiq yangi ish oʻrinlari barpo etilishiga erishildi.
2019-yilning 1-yanvar holatiga umumiy summasi 593,2 mln. doll. va 3,0 trln.soʻmlik 1212 ta shartnoma (18 tasi xorijiy investorlar bilan) shartlari bajarilishi ustidan monitoring olib borilyapti. Ushbu shartnomalar boʻyicha bajarilgan investitsiya majburiyatlarining umumiy xajmi 166,9 mln.doll. va 1,4 trln.soʻmni tashkil etdi, 6353 yangi ish oʻrinlarini yaratilishiga erishildi.
Korporativ hisobotlar va biznes-rejalarning bajarilishi holati
2019-yilning 1-yanvar holatiga 192ta (85 ta AJ va 107 ta MCHJ) davlat ulushi boʻlgan Davlat aktivlarini boshqarish markaziga berilgan korxonalar faoliyati monitoring qilindi.
Qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish
Qimmatli qogʻozlar bozorining umumiy aylanmasi 10,71 trl.soʻmni tashkil qildi.
Aksiyalarning tashkillashtirilgan bozorida 815,04 mlrd.soʻmlik 14045 ta sotdi-oldi bitimlari, shu jumladan aksiyalar bilan 713,71 mlrd.soʻmlik 14039 ta sotdi-oldi bitimlari va korporativ obligatsiyalar bilan 101,3 mlrd.soʻmlik 6 ta sotdi-oldi bitimlari tuzildi.
Aksiyalar va korporativ obligatsiyalar ikkilamchi bozorining yalpi aylanmasi 1,7 trln.soʻmni tashkil qildi, shundan aksiyalarni tashkillashtirilgan bozorida 487,96 mlrd.soʻm (10356 ta bitim) va tashkillashtirilmagan bozorda 1216,43 mlrd.soʻm (4975 ta bitim).
Birja va riyeltorlik faoliyatini litsenziyalash
Oʻtgan hisobot davrida riyeltorlik faoliyatini litsenziyalash boʻyicha Ekspert komissiyasi tomonidan 11 ta yuridik shaxsning litsenziya olish uchun taqdim qilgan materiallari koʻrib chiqildi, 11 ta litsenziya berildi.
Jami boʻlib, 2019-yilning 1-yanvar holatiga 312 ta litsenziya berilib, shundan 272 ta litsenziya amalda, 40 tasini harakati toʻxtatilgan.
Qoʻmita faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish
Qoʻmita, uning hududiy organlari va tarkibiy tuzilma tashkilotlari tomonidan ommaviy axborot vositalarida 3377 ta chiqishlar amalga oshirilib, shundan 815 tasi televideniye va 666 tasi radio orqali, respublika, viloyatlar va idoraviy gazetalar nashrlarida 851 ta maqolalar chop etildi, 554ta eʼlonlar berildi, 491 ta seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar va boshqa tadbirlar oʻtkazildi.