O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Ziyoli shahar qiyofasini yaratish” boʻyicha ilk taklif berildi
2019-01-24 | Turizm
Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamentida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti vakillari, ekspertlar guruhi, tarixchi-olimlar, arxeologlar hamda tarjimonlar ishtirok etdi.
Yigʻilish poytaxtning “Madaniy va maʼrifiy turizmni rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish” masalalariga bagʻishlandi.
“Ziyoli shahar qiyofasini yaratish”- bu Toshkent shahrida aynan ziyolilarni jalb eta oladigan, madaniy-maʼrifiy maskanlarni oʻrganish va ularning roʻyxatini shakllantirishdan iboratdir. Uchrashuv davomida shaharda “Ziyoli shahar qiyofasini yaratish” boʻyicha ilk takliflar koʻrib chiqildi.