O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzaro hamkorlikning yangi istiqbollari

2019-01-24 | Madaniyat

Joriy yilning 16-yanvar kuni Berlinda (Germaniya) Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi va Prussiya madaniy meros jamgʻarmasi (Stiftung Preußischer Kulturbesitz) oʻrtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. Memorandum joriy yilning yanvar oyida Germaniyaga oliy darajadagi tashrifga bagʻishlangan madaniy-gumanitar xarakterga ega boʻlgan davriy tadbirlar doirasida imzolandi.

Hujjat tegishli muassasalar oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid ikki tomonning quyidagi yoʻnalishlardagi kelishuvini koʻzda tutadi:

- Oʻzbekistondagi muzey kolleksiyalarining ilmiy tadqiqotlari;
- Muzey va arxitektura meroslari ashyolarini tiklash va konservatsiyalash boʻyicha loyihalar;
- Oʻzbekistondagi muzeylarning infratuzilmasini tegishli sohadagi eng yaxshi jahon amaliyotlariga muvofiq yaxshilash; 
- Oʻzbekistondagi muzeyga oid inklyuziv loyihalar;
- Sherik mamlakatlarda koʻrgazmalar tashkil etish;
- Muzey kuratorlari va restavratorlari uchun stajirovka oʻtash dasturlari;
- Texnikaviy hamkorlik;
- Oʻzbekiston sanʼati va madaniyati mutaxassislari malakasini oshirish va stipendiyalar ajratish.

Shuningdek, memorandumda 2022-yilda Berlin shahrida eramizdan oldingi I-II asrlarda Markaziy Osiyo merosiga bagʻishlangan koʻrgazma oʻtkazilishi koʻzda tutilgan. Koʻrgazma Tarixdan ilgarigi va ilk tarix muzeyida boʻlib oʻtadi.

Поделиться