O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha Maxsus vakili bilan uchrashuv

2019-01-24 | Siyosat

2019-yilning 23-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Dilshod Axatov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Piter Burian bilan uchrashdi. U atrof-muhit, iqlim oʻzgarishi va suv resurslaridan foydalanish sohasida hamkorlik boʻyicha yuqori darajadagi “Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo” konferensiyasida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan YI delegatsiyasiga boshchilik qilmoqda.

Suhbat chogʻida oʻzaro munosabatlarning barcha asosiy yoʻnalishlarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston bilan Yevropa Ittifoqi oʻrtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim loyihasi boʻyicha muzokaralar jarayoni boshlangani mamnuniyat bilan qayd etildi. Shu oʻrinda, fevral oyi boshida Toshkent shahrida ushbu masala boʻyicha muzokaralarning birinchi raundini oʻtkazish takliflari koʻrib chiqildi.

Yevropa tomoni Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ishtirokida tashkil etilgan Orolboʻyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik asosidagi Trast fondini qoʻllab quvvatlashini maʼlum qildi.

YI Maxsus vakili Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonida Oʻzbekistonni qoʻllab-quvvatlash va texnik yordam koʻrsatishga Yevropa Ittifoqi tayyorligini tasdiqladi.

Uchrashuvda oʻzaro hamkorlikning qoʻshma institutlari, jumladan, “Oʻzbekiston – Yevropa Ittifoqi” hamkorlik qoʻmitasi, Iqtisodiyot, savdo va investitsiyalar boʻyicha kichik qoʻmitaning qoʻshma majlislarini oʻtkazish jadvali yuzasidan fikr almashildi, shuningdek, Oʻzbekistonning “Bosh preferensiyalar tizimi plyus” doirasida tarif imtiyozlarini olish istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokaralarda Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi rahbari, Elchi Eduards Stiprays ishtirok etdi.

Поделиться