O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Davlat xaridlari jarayonida duch kelayotgan muammolar va kelajakdagi yoʻnalishlar boʻyicha muzokaralar
2019-01-24 | Iqtisodiyot
Yigʻilishda Moliya vazirligi, Axborot-hisoblash markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasi masʼul xodimlari ishtirok etishdi.
Yigʻilishda buyurtmachilar va etkazib beruvchilar oʻrtasida Tovar-xom ashyo birjasi orqali tuzilgan shartnomalarda qoʻshilgan qiymat soligʻini yuritilishi hamda elektron hisob-fakturalarni davlat xaridlarida joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Elektron hisob-fakturalarini Davlat xaridlarida joriy etilishi natijasida etkazib beruvchilar tomonidan tovar (ish, xizmat)larni elektron shaxsiy kabinetlari orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda byudjet tashkilotlariga yuborish imkoniyati yaratiladi.
Maʼlumot uchun: Hozirgi kunda etkazib beruvchilar hisob- fakturalarni qogʻoz shaklda bir hududdan ikkinchi hududga yuborilishi natijasida 1-2 kun vaqt talab etmoqda. Toʻliq elektron tizimga oʻtilishi natijasida bu jarayon bir qancha daqiqani tashkil etadi hamda hisob-fakturalarni monitoringini yuritish imkoniyati yaratiladi.