O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Oʻzmetkombinat” AJning 2018-2020-yillarida rivojlanish dasturi

2019-01-23 | Iqtisodiyot

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-yanvardagi PQ-3468-sonli qaroriga asosan “Oʻzmetkombinat” AJ bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va ishonchli boshqaruvchi Xorijiy korxona MCHJ “SFI Management Group​” “Oʻzmetkombinat” AJning 2018-2020-yillarida rivojlanish dasturi tasdiqlandi.

Dasturda 2018-yil uchun:

  • 5276,4 mlrd soʻmli tovar mahsulotlarini ishlab chiqarish (2017-yilga nisbatan 152,2 %) taʼminlash;
  • 1150,0 ming tonna metall prokati mahsuloti ishlab chiqarish, shu jumladan:
  • 46,19 mln dollar miqdorida investitsiyalarni oʻzlashtirgan holda umumiy miqdori 85,4 mln dollar 4 ta obyektni yakunlash va ishga tushirish, yaʼni “Ferrosilitsiy ishlab chiqarishni tashkil etish”, “Ferrosilikomarganes ishlab chiqarishni tashkil etish”, “2-navli sonli prokat sexining “300”stanida sim blokini oʻrnatgan holda katanka ishlab ishlab chiqarishni tashkil etish” invest loyihalarini amalga oshirish;
  • import oʻrnini bosuvchi va eksportbob mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarish:

850,0 ming tonna qora metallar prokati;

300,0 ming tonna poʻlat soqqalar ishlab chiqarish;

  • Katanka (Ø 5,5-16mm) – 30,0 ming tonna;
  • Ferrosilitsiy (FC-65) – 6,0 ming tonna;
  • Ferrosilikomarganes (MnC-17) – 2,0 ming tonna.

2018-yil yanvar-dekabr oylariga koʻra investitsiya loyihalari boʻyicha kapital mablagʻlarini oʻzlashtirilishi 28,6 mln dollarni tashkil etdi, bu prognoz topshirigʻiga nisbatan 100% tashkil etdi.

Oʻtgan yilning avgust oyida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqillik kuniga ferrosilitsiyning birinchi pechi ishga tushirildi. Shundan soʻng biz metalni kisloroddan tozalovchilar importini deyarli tark etib va shu bilan 4 oy davomida 3,7 mln dollar tejashga muvaffaq boʻldik. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bayrami arafasi 2018-yil 7-dekabr kuni, ikkinchi bosqich ferrosilikomarganes ishlab chiqarish ishga tushirildi.

2018-yilda oldimizda 2019-yilga toʻla quvvat bilan chiqish uchun texnologiya toʻliq rivojlantirish topshirigʻi qoʻyilgandi. 2018 yil 3916 tonna ferroqotishmalar eritildi, shu jumladan 3826 tonna ferrosilitsiy va 90 tonna ferrosilikomarganes eritilgan. Oʻz ehtiyojlarimiz uchun 2635 tonna ferrosilitsiy ishlatildi.

Поделиться