O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekistonning turizm salohiyati Yaponiyadagi vatandoshlarimiz tomonidan targʻib etildi

2019-01-23 | Turizm

Oʻzbekistonning turizm salohiyatini Yaponiyada keng targʻib qilish, yapon yoshlarini mamlakatimiz va uning turizm imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Fukuoka international centre” Xalqaro oʻqituvchilar jamoasining Oʻzbekiston boʻyicha vakili, vatandoshimiz Mahbuba Kamolova Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan hamkorlikda 200 ga yaqin talabalar va ularning ota-onalari uchun targʻibot tadbirini tashkil etdi.

Tadbir ishtirokchilariga mamlakatimiz, xalqimizning boy urf-odat va anʼanalari, milliy liboslari, tarixiy shaharlari, milliy taomlari va betakror tabiati haqida maʼlumotlar berilib, Oʻzbekistonning turizm salohiyatini oʻzida aks ettirgan videoroliklar hamda fotosuratlar namoyish etildi.

“2014-yildan buyon Yaponiya maktablari, kollejlari, universitetlari va madaniyat uylarida Oʻzbekiston haqida turli mavzularda taqdimot va tadbirlar oʻtkazib kelaman. Bunda, videoroliklar, rasmlar, milliy raqslarimiz, milliy oʻyinlarimiz va milliy liboslarimizdan koʻrgazma sifatida foydalanaman. Xar bir tadbirdan soʻng Yaponlarning yurtimiz madaniyati, tarixi, turmush tarziga boʻlgan qiziqishlarining ortganligini his qilardim.

Bu safardagi tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan hamkorlikda tashkil etdik hamda Qoʻmita tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekistonning turizm salohiyatini aks ettiruvchi targʻibot materiallari, jumladan videoroliklar, rasmlar va boshqa vositalardan foydalanildi. Taqdimotim jonli va qiziqarli oʻtdi, shu bilan birga, shuning guvohi boʻldimki, Oʻzbekiston tinglovchilarda turizm maskan sifatida qiziqish uygʻotdi” – deydi Mahbuba Kamolova.

Shu bilan bir qatorda, hamyurtimiz M.Kamolova bilan birgalikda 2019-yil davomida shu kabi bir qator tadbirlarni tashkillashtirish rejalashtirilgan.

Qayd etish joizki, ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlangan “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasi” ijrosi doirasida tashkil etilib, mamlakatning turistik salohiyatini Yaponiyada yanada keng targʻib qilish hamda ushbu yoʻnalishda xorijdagi vatandoshlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Поделиться