O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buyuk Britaniya kompaniyalari Oʻzbekistonda xususiy maktablar ochishni rejalashtirmoqda

2019-01-23 | Ta’lim

Britaniyaning Acumen Education kompaniyasi MBU Capital investitsiya kompaniyasi bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda hamyonbop xususiy maktablar tarmogʻini yaratishni rejalashtirmoqda.

Joriy yilning 21-yanvarida Acumen Education hamda MBU Capital kompaniyalarining delegatsiya aʼzolari mamlakatimizga taʼlim tizimi va mahalliy sharoitlarni oʻrganish uchun tashrif buyurdi. Delegatsiyaga MBU Capital kompaniyasi muassisi, ijrochi direktori va investitsiya boʻyicha bosh mutaxassisi Iqbol Muhammad hamda Acumen Education ijrochi direktori Mark Labovich rahbarlik qilmoqda.

Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Atabek Nazirov Britaniya kompaniyalari delegatsiyasini qabul qildi. Mazkur uchrashuvda tomonlar Oʻzbekistonda taʼlim muassasalarini ochish boʻyicha masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda Britaniya kompaniyalari vakillari tomonidan ayni paytda Oʻzbekistonda hamyonbop xususiy xususiy maktablar tarmogʻini va premium maktabini hamda xorijiy universitet ochish uchun sarmoya kiritish masalalarini koʻrib chiqilayotgani haqida taʼkidladilar.

Tadbir ishtirokchilari yurtimizdagi taʼlim tizimi, shuningdek, maktab taʼlimini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari hamda xususiy maktablarni ishga tushirishda Britaniya kompaniyalari bilan hamkorlik yoʻnalishlari bilan tanishdilar.

Atabek Nazirov Xalq taʼlimi vazirligi mazkur loyiha boʻyicha Acumen Education va MBU Capital kompaniyalarini qoʻllab-quvvatlashi hamda taʼlimga oid maʼlumotlarni taqdim etishga tayyor ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Acumen Education i MBU Capital kompaniyalari delegatsiyasi tashrifi joriy yilning 26-yanvarigacha davom etadi. Delegatsiya aʼzolari ishtirokida mamlakatimizning davlat tashkilotlari, shuningdek, moliya institutlarida uchrashuv va muzokaralar oʻtkazadi hamda ular Toshkent va Samarqand shahridagi maktablarga tashrif buyuradilar.

Поделиться