O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Andijon davlat universitetida Yevropa Ittifoqining “Erasmus+” dasturi bilan hamkorlikda yangi zamonaviy laboratoriya ochildi

2019-01-23 | Fan

Andijon davlat universitetida Yevropa Ittifoqi “Erasmus+” dasturining “RENES: Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof - muhit” mutaxassisligi boʻyicha magistrlar dasturini rivojlantirish” mavzusidagi qoʻshma loyihasi doirasida Qayta tiklanuvchi energiya manbalari laboratoriyasi ochildi.

Laboratoriyaga Germaniya, Italiya, Ispaniya va boshqa rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarilgan 42,7 ming yevrolik 30 turdagi laboratoriya jihozlari oʻrnatildi. Loyiha bosh koordinatori etib Akuila universiteti (Italiya) professori Anna Totssi hamda milliy koordinator sifatida universitet professori Rayimjon Aliyev tayinlandi.

Quvonarli tomoni, laboratoriya Yevropaning 600 dan ortiq nufuzli universitetlari onlayn tarzda ulangan Oksford universiteti Rezerford laboratoriyasi mikroelektronika va nanoelektronika qoʻllab-quvvatlash markazining europractic tizimiga onlayn ulangan. Andijon davlat universiteti Urganch davlat universitetidan soʻng yurtimizda mazkur tizimga ulangan ikkinchi oliy taʼlim muassasasidir.

Loyiha doirasida universitetda 2018-2019 oʻquv yilidan boshlab “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof - muhit” mutaxassisligi boʻyicha magistrlar tayyorlanmoqda. Magistrantlar uchun Yevropa standartlari asosida “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof - muhit” mutaxassisligi boʻyicha 12 ta oʻquv dasturlari ishlab chiqildi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari laboratoriyasining ochilish tadbirida Sankt-Peterburg politexnika universiteti, Oʻsh davlat universitetining bir guruh professor-oʻqituvchilari hamda mahalliy olimlar, talabalar ishtirok etishdi.

Taqdimot yakunida xalqaro ilmiy hamkorlikni oʻrnatishdagi xizmatlari uchun Sankt-Peterburg politexnika universiteti professori V.N.Snetkovga Andijon davlat universiteti faxriy professori, D.A.Moxorovga universitetning faxriy dotsenti diplomlari topshirildi.

Professor V.N.Snetkov ushbu laboratoriya, unda yaratilgan sharoitlar nufuzli universitetlar laboratoriyalari darajasida ekanligini, bu esa kelajakda universitetda iqtisodiyot rivoji uchun muhim ishlanmalarni yaratish imkonini berishini taʼkidladi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Yevropa Ittifoqi “Erasmus+” dasturi hamkorligidagi ushbu loyiga doirasida kelgusida Guliston va Qarshi davlat universitetlari, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida ham shunday laboratoriyalarni tashkil etish koʻzda tutilgan.

Поделиться