O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Maktabgacha taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi boʻyicha ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash oʻz ishini boshladi

2019-01-22 | Fan

Maktabgacha taʼlim sohasi uchun ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash maqsadida 13.00.08 – “Maktabgacha taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi boʻyicha pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash oʻz ishini boshladi.

Ilmiy kengash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2018 yil 29 dekabrdagi 303-sonli qarori bilan Maktabgacha taʼlim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzurida tashkil etildi.

PhD.29.12.2018.Ped.80.01 raqamli ilmiy kengashga 13.00.08 – “Maktabgacha taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisoslik boʻyicha ilmiy darajalar olish uchun dissertatsiyalar himoyasini oʻtkazishga ruxsat berildi.

Ilmiy kengashning 13 kishidan iborat tarkibi tasdiqlandi.

Поделиться