O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekistonda nodavlat taʼlim muassasalarini rivojlanishiga toʻsqinlik qiluvchi muammolar muhokama etildi

2019-01-22 | Ta’lim

Joriy yilning 18-yanvar kuni Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi rahbariyati tomonidan nodavlat taʼlim muassasalari vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov, vazir oʻrinbosari Sarvar Babaxodjayev, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi vakili Sardor Maxsudov hamda Oʻzbekiston nodavlat taʼlim muassasalari assotsiatsiyasi aʼzolari ishtirok etishdi.

Tadbirning ochilish marosimida Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov mamlakatimizda davlat taʼlim muassasalari bilan bir qatorda nodavlat taʼlim muassasalarining rivojlantirishga ham katta eʼtibor qaratilayotgani haqida toʻxtalib oʻtdi. Jumladan, xususiy maktablar oʻz-oʻzidan rivojlanmasligi, asosiy maqsad mazkur oʻquv maskanlarida taʼlim sifatini yaxshilash ekanligi borasida fikr bildirdi. Qolaversa, mazkur tadbir Oʻzbekistonda nodavlat taʼlim muassasalarining rivojlanishiga toʻsqinlik qiluvchi muammolarni aniqlash uchun tashkil etilganini alohida taʼkidladi.

Maʼlumki, yurtimizda taʼlimni rivojlantirishga, xususan, nodavlat taʼlim muassasalarini tashkil etishga katta eʼtibor qaratib kelinmoqda. Jumladan, statistik maʼlumotlar 2016-yilda Oʻzbekistonda 24 ta nodavlat taʼlim muassasasi faoliyat yuritgan boʻlsa, 2018-yilga kelib ularning soni 84 tadan oshganidan darak bermoqda.

Shunga qaramay, mazkur sohada nodavlat taʼlim muassasalarining rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan muammolar uchramoqda. Jumladan, xususiy maktablar darsliklar va litsenziyalar olishda hamda kam taʼminlangan oila farzandlari uchun taʼlimni tashkil etishda soliqqa tortish masalalari boʻyicha qiyinchilikka duch kelmoqda.

Tadbir doirasida taʼlim jarayoniga zamonaviy usullarni joriy etish hamda oʻquv dasturlarini tasdiqlash masalalari ham koʻrib chiqildi. Shu bilan birga nodavlat taʼlim muassasalari Respublika taʼlim markazi bilan birgalikda xorij davlatlarining zamonaviy usullari hamda tajribasi asosida oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishi mumkinligi taʼkidlandi.

Uchrashuv soʻngida XTV tomonidan nodavlat taʼlim muassasalari vakillarini mavjud muammolarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlash va ushbu yoʻnalishda Oʻzbekiston qonunchiligini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, Xalq taʼlimi vazirligi nodavlat taʼlim muassasalarini ochish va ularga oʻz loyihalarini amalga oshirishda koʻmak beruvchi sarmoyadorlar bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligi alohida taʼkidlab oʻtildi.

Поделиться