O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rektor va talabalar oʻrtasida ochiq muloqot oʻtkazildi

2019-01-22 | Turizm

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 11-yanvar kuni Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Bosh vazir oʻrinbosari, turizm, taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari Aziz Abduhakimovni “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti rektori etib tayinlagandi.

18-yanvar kuni Samarqand shahridagi Yoshlar markazida yangi tayinlangan rektor bilan universitet talabalari hamda professor-oʻqituvchilarining ochiq muloqot tarzida uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Unda Turizm davlat qoʻmitasi vakillari, viloyat xokimi oʻrinbosarlari,professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar va OAV vakillari ishtirok etishdi.

- Yurtboshimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu universitet oldiga turizmni rivojlantirish boʻyicha malakali kadrlar tayyorlash vazifasi qoʻyilgan, - dedi A.Abduhakimov. – Avvalo, oliygohda dars berayotgan professor-oʻqituvchilar nufuzi, bu yerda tayyorlanayotgan mutaxassislar saviyasi xalqaro degan maqomga toʻliq javob berishi lozim. Universitet uchun qurilayotgan bino, jihoz, axborot-kommunikatsion tizim ham shunga muvofiq boʻlsin. Oliygoh rahbariyati 20 ga yaqin xorijiy sayyohlik ilmiy muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan. Bunday munosabatlar hisobot uchungina emas, real iqtisodiyotimizni taʼminlovchi yurtimizdagi mavjud ziyorat turizmi, togʻ turizmi, maʼnaviy-maʼrifiy turizm, ekoturizm, etnoturizm taraqqiyotiga xizmat qilsin. Oddiy misol, mehmonxona menejeri biznesini puxta oʻzlashtirgan mutaxassislar yetishmayotgan bir paytda, mehmonxonalar mutasaddilarining barchasi ham amaliyot oʻtash uchun borgan talabalarni quchoq ochib kutib olmayapti. Bu borada xorijiy tajribalarni oʻrganish juda muhim. Universitet talabalarining xorijiy mamlakatlarda amaliyot oʻtashi uchun ajratilgan 30 foizlik kvota kamlik qiladi. Kerak boʻlsa, hammasi dunyo koʻrsin.

Ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan tadbirda mamlakatimizda turizmni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarning mamlakatimiz turizm salohiyati, kadrlar sifatini yaxshilash borasidagi oʻnlab fikrlari tinglandi. Bildirilgan takliflar yuzasidan tegishli tashkilotlar mutasaddilariga topshiriqlar berildi.

Поделиться