O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent metropolitenining bekatlarida Wi-Fi hududlari tashkil etilmoqda
2019-01-21 | Texnologiyalar
Poytaxt aholisi uchun yana bir qulaylik yaratildi. Toshkent metropolitenining bekatlarida Wi-Fi hududlari tashkil etilmoqda. Hozirda “Paxtakor” va “Alisher Navoiy” bekatlari Wi-Fi tarmogʻiga ulangan. Mazkur bekatlarda 20 dan ortiq Wi-Fi qurilmalari oʻrnatilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, bekatlardagi kutish vaqtida 500 ga yaqin yoʻlovchilar Wi-Fi tarmogʻidan foydalangan.
“Metrotelecom TM” ning maʼlum qilishicha, foydalanuvchilar operatorning media portaliga tashrif buyurishi va onlayn TV, film, musiqa va kitoblarni koʻrish hamda yuklab olish imkoniyatiga ham ega. Maʼlumot uchun, 1 bosqichda 90 kilometrlik optik tolali kabellar metropolitenning 29 ta bekati oraligʻida oʻrnatilib, mart oyida ishga tushirilishi koʻzda tutilgan.